Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik vaksinalar saqlanadigan sovuqlik ombori ishga tushirildi

UNICEF va Hukumat sovuqlik zanjirining yangi obyektini mamlakat aholisiga taqdim etdi

20 Noyabr 2021
Открытие самого крупного в ЦА склада вакцин
UNICEF Uzbekistan/2021

TOShKENT, 2021 yil 20-noyabr – Bugun, Jahon bolalar kunida UNICEF Markaziy Osiyodagi eng yirik vaksinalar omborini Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirdi. Mazkur ombor saqlash temperaturasi turlicha bo‘lgan katta miqdordagi vaksinalarni saqlashga mo‘ljallangan. Mazkur ob'ektning ochilishi ishonchli emlash tizimini yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, mamlakatda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha hukumatning sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. 

“Bolalar salomatligi va kasalliklarning oldini olish O‘zbekiston hukumatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblangani bois bunday masshtabdagi sovuqlik omborining ochilishi juda o‘z vaqtida bo‘ldi”, dedi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musaev. Ushbu ombor butun milliy emlash dasturi uchun logistika markaziga aylanib, vaksinalarni yetkazib berish va ularni boshqarish uchun imkoniyatlarimizni kengaytiradi. Xalqaro hamkorlarimizga, birinchi navbatda UNICEFga O‘zbekistonda sovuqlik zanjiri tizimini mustahkamlashda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiraman”, deya ta'kidladi u.

Respublika vaksinalar omborida hozirda mavjud bo‘lgan barcha turdagi vaksinalarni saqlash mumkin. U deyarli 1000 m2 uchta sovuqlik kamerasi (2-8 ° C), ultrasovuq sovutgichlar (3000 l hajmli) va muzlatgich xonalar (40 m3) bilan jihozlangan bo‘lib, immunizasiya uchun zarur materiallar saqlanadigan 1000 m2 quruq omborga ham ega. Omborxona yuklarni tez va samarali boshqarish uchun elektr yuk ko‘targichlar, dok naveslari, tekislash platformalari va ko‘tarish mexanizmlari bilan jihozlangan. Ular ikkita elektr tarmog‘iga ulangan va uzluksiz elektr ta'minoti uchun kuchli zahira dizel' generatoriga ega. 

“Yaxshi ishlaydigan ta'minot tizimi va sovuqlik zanjiriga ega bo‘lish samarali milliy immunizasiya dasturi uchun juda muhimdir”, deya ta'kidladi UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan. “UNICEF O‘zbekistonning butun milliy ta'minot tizimi va sovuqlik zanjiri uzluksiz ishlashiga hissa qo‘shadigan hamda mintaqadagi boshqa mamlakatlarga namuna bo‘la oladigan ushbu ob'ekt qurilishida ko‘mak berganidan mamnun”, dedi u.

2017-yildan buyon UNICEF O‘zbekiston bo‘ylab jami 21 ta vaksina ombori qurilishida yordam berdi. UNICEF sovutgichli yuk mashinalari, vaksinalar uchun konteynerlar va sovuqlik kameralarini yetkazib berdi, xodimlarni o‘qitish hamda ob'ektlar ekspluatasiyasi bo‘yicha zarur qo‘llanma va ko‘rsatmalarni ishlab chiqishda ko‘maklashdi. 

UNICEF 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Mamlakat hamkorlik dasturi doirasida ta'minot tizimi va sovuqlik zanjirini boshqarish, rejalashtirish, monitoring va baholash sohalarida milliy va mahalliy salohiyatni mustahkamlash uchun O‘zbekiston hukumatini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Muharrirlar uchun ma'lumot:

So‘nggi to‘rt yil ichida UNICEF Gavi - Vaksinalar al'yansining moliyaviy yordamida ham milliy, ham mahalliy darajalarda yetkazib berish tizimi va sovuqlik zanjirini takomillashtirishni qo‘llab-quvvatladi. Bunga quyidagilar kiradi: 

  • 21 ta yangi sovuqlik omborxonalari (bitta milliy, 14 ta hududiy va oltita tuman miqyosida);
  • 17 ta refrijerator yuk mashinasi, 206 ta mikroavtobus (har bir tuman uchun bittadan), 16 ta sedan va 16 ta SUV avtomashinalar;
  • birlamchi tibbiyot muassasalarida o‘rnatilgan 2078 ta sovutgich;
  • tuman darajasidagi sanitariya-epidemilogiya xizmati bo‘linmalari uchun 700 ta muzlatgich kameralari;
  • emlash punktlari uchun 6930 ta termosumkalar;
  • mobil emlash brigadalari uchun 862 sovuqlik konteynerlari;
  • respublika ombori uchun 10 ta ultra sovutgich jihozlari;
  • birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari uchun 671 ta sovutgich va 209 ta muzlatgich;
  • vaksina logistikasi bo‘yicha axborot tizimi va vaksinasiya punktlari uchun 2500 ta IT-to‘plamlari.

Ommaviy axborot vositalari murojaat qilishlari uchun kontaktlar: 

Umidjon Xudoyqulov
Immunizasiya masalalari bo‘yicha maslahatchi
Telefon: +998 93 5509775
E-pochta: ukhudaykulov@unicef.org 

***

Nargiza Egamberdieva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi
Telefon: +998 93 380 34 19
E-pochta: negamberdieva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.