Barcha avlodlar uchun VPChga qarshi emlanish

Inson papillomasi virusi (VPCh) ga qarshi birinchi vaksinasini Nargiza 16 yoshida Toshkent shahridagi maktabda o‘qib yurgan paytida olgan.

UNICEF Uzbekistan
Вакцина от ВПЧ на столе в комнате вакцинации
UNICEF Uzbekistan/2021
27 Aprel 2022

Inson papillomasi virusi (VPCh) ga qarshi birinchi vaksinasini Nargiza 16 yoshida Toshkent shahridagi maktabda o‘qib yurgan paytida olgan. O‘shanda maktabga shifokor tashrif buyurib, o‘quvchilarga ushbu vaksina ularni saraton kasalligidan himoya qilishini aytib,uning xavfsizligiga ishontirgan edi.

«O‘sha payt ham vaksina homilador bo‘lish va tug‘ish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkinligi haqida mish-mishlar bo‘lganini eslayman, ammo men emlash maqsadi kasallikning oldini olish ekanligini tushunganman», dedi Nargiza. «Vaksinani olishga shubham yo‘q edi.”

Nargiza mish-mishlarga e'tibor bermay, ilmiy faktlarga ishondi. Vaksinani olganidan keyin bir oz boshi og‘ridi. Bu vaksinasiyadan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan odatiy hol bo‘lib, yengil ruxiy bezovtalik paydo bo‘lishi mumkin. 

Hozir u 26 yoshda, hali ham Toshkentda istiqomat qiladi. Nargiza farzandlariga belgilangan yoshda kasalliklarga qarshi emlash emlash orqali butun oilasini oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan himoya qilmoqda. Uning 2 va 4 yoshli qizlari uchun VPCh vaksinasini olishga hali erta bo‘lsa-da , ular boshqa barcha emlashlarni o‘z vaqtida oldilar. Bunda vaksinasiyadan keyingi nojo‘ya holatlar juda kam bo‘ldi.

Nargiza o‘z oilasida qat'iy emlash an'anasini yaratmoqda. U vaksinalar COVID-19 kabi oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan va inson VPChdan himoya qilishini targ‘ib qiladi. Vaksinalar va ularning nojo‘ya ta'siri haqida noto‘g‘ri ma'lumotlar hanuzgacha ko‘p bo‘lsa-da, u vaksinalar faqat odamlarning salomatligi va farovonligini himoya qilish uchun qo‘llanilishini biladi.

Nargizaning o‘zi va farzandlarini himoya qilishga intilishi uning oilasida aks etadi. Uning onasi poliklinikada ishlaydi va uyda hamda keng jamoalarda emlashni targ‘ib qiladi, vaksinadan ikkilanishning oldini olish bilan shug‘ullanadi. Nargiza oilasidagi barcha qizlar belgilangan yoshda VPChga qarshi emlanadilar.

Ushbu oilada, shahar va undan tashqaridagi ko‘plab odamlar uchun VPCh, COVID-19 va boshqa ko‘plab viruslar va kasalliklarga qarshi emlash nafaqat o‘z salomatligi va farovonligi, balki butun jamiyat oldidagi burch hisoblanadi. To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi bilan bir qatorda sog‘liqni saqlashda faol bo‘lish, vaqtida emlanish  uzoq va baxtli hayotni ta'minlashning oddiy usuli hisoblanadi.

Врач набирает вакцину от ВПЧ в шприц
UNICEF Uzbekistan/2021

Kasallik va noto‘g‘ri ma'lumotlarga qarshi kurash

VPCh ga qarshi emlash hayot uchun xavfli bo‘lgan saraton kasalligidan himoya qilishda muhim ahamiyatkasb etishiga, bu hamda boshqa barcha vaksinalarning tibbiy foydalanishda tasdiqlangan xavfsizligiga qaramay, «emlashdan ikkilanish» holatlari hali ham mavjud. Vaksinani qabul qilishdan qo‘rqish shaxs, jamiyat va butun mamlakatlar uchun xavfli bo‘lgan noto‘g‘ri ma'lumotlar va mish-mishlarga asoslangan.
UNICEF va uning milliy hamkorlari ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga butun kuch-g‘ayratini safarbar etadi. 

UNICEF va Sog‘liqni saqlash vazirligi vaksinalarni yetkazib berish, saqlash hamda poliklinikalar va emlash punktlarigaetkazish vaqtida optimal haroratda saqlanishini ta'minlaydigan «sovuqlik zanjirlari»ni barpo etishdan tashqari, har bir emlanish huquqiga ega bo‘lgan fuqaro zarur bo‘lgan barcha vaksinalarni olishini ta'minlash uchun muhim choralar ko‘rmoqda.

UNICEF Sog‘liqni saqlash vazirligi va JSST bilan birgalikda vaksina yordamida oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar haqida aholining xabardorligini oshirish ustida ish olib bormoqda. Hamkor tashkilotlar tibbiyot xodimlarini ota-onalar va g‘amxo‘rlik ko‘rsatuvchilar bilan muloqot qilishda qo‘llab-quvvatlash uchun bir qator ma'lumot beruvchi materiallarni ishlab chiqdilar. Ushbu materiallar aholi tomonidan tibbiyot xodimlariga tez-tez beriladigan savollarga javob berishga yordam beradi.

Bundan tashqari, milliy va mintaqaviy kanallar orqali efirga uzatiladigan teleko‘rsatuvlar, radio dasturlar va ijtimoiy reklama ota-onalarni emlash xizmatlariga ishonishga va bolalarni oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan himoya qilishga undaydi.

UNICEF O‘zbekistonning barcha fuqarolariga OPV va COVID-19 viruslariga hamda boshqa oldini olish mumkin bo‘lgan hamma kasalliklarga qarshi emlash uchun imkoniyat yaratishga va bu borada xabardorlikni oshirishga harakat qilmoqda.

«Vaksinalar tanamizni chiniqtiradii, immunitet tizimimizni kasalliklarga qarshi turishga o‘rgatadi. Emlanishni istamagan odamlarga aynan mana shuni aytmoqchiman», deya xulosa qiladi Nargiza. «Hamma odamlar o‘z farzandlarini va o‘zlarini emlatishlari kerak. Bu bizning eng yaxshi himoyamizdir.»