Yaponiya hukumati COVAX mexanizmi orqali O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi 200 000 dozadan ortiq vaksinalarni taqdim etdi

23 Mart 2022

ТOSHKENT, 25 mart 2022 – Yaponiya hukumati COVID-19 ga qarshi davom etayotgan kurash doirasida bugun O‘zbekistonga 200 ming dozadan ortiq AstraZeneca vaksinasini tqdim etdi. Vaksinarni yetkazib berish COVAX mexanizmi orqali UNICEF bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

“Yaponiya O‘zbekistonning COVID-19 ga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarini, jumladan zamonaviy tibbiy uskunalar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan zaif qatlamlariga yordamini doimo qo‘llab-quvvatlab keladi”, dedi Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyama Janobi Oliylari. “Hozirgacha biz Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi kurashish uchun jami

10 million dollardan ortiq mablagʻ ajratdik. Bugun Yaponiya O‘zbekiston xalqi uchun qimmatli vaksinalarni yetkazib beruvchi davlatlar guruhiga qo‘shilganini e’lon qilishdan juda mamnunman”.

U, shuningdek, ushbu yordam O‘zbekistonda xalqining sog‘lom turmush tarziga ko’mak berishiga hamda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlaydigan ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi deb umid bildirdi.

Yaponiya hukumatining ehsoni vaksina yetkazib berish va tarqatish bo’yicha global mexanizm doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu vaksinalar hozirgi vaqtdagi ta'minot taqchilligini yumshatish va, eng muhimi, yangi variantlardan himoya qilish va maqsadli guruhlarga emlashni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi vaksinalar bilan birgalikda O‘zbekiston tomonidan olingan COVID-19 vaksinalarining umumiy soni 61 million dozaga yetdi. Bundan tashqari, UNICEF shpritslar, xavfsizlik qutilari va shaxsiy himoya vositalari kabi xavfsiz emlash vositalarini xarid qildi va yetkazib berdi.

COVAX mexanizmi doirasida, UNICEF 2022-yil o‘rtasiga qadar yana 24,6 million doza COVID-19 ga qarshi vaksinalarini yetkazib berishni rejalashtirgan.

“O‘zbekistonda emlash kampaniyasi davom etar ekan, butun dunyo bo‘ylab virusning yangi turlari paydo bo‘lmoqda va bunday xayriyalar O‘zbekiston xalqi uchun o‘z vaqtida bo’lb, hayotiy ahamiyatga ega”, dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Joffri Ijumba. “Oʻzbekiston xalqi bilan doimiy birdamlikni namoyish etgani uchun Yaponiya hukumatiga chiqur minnatdorchilik izhor etamiz”.

O‘zbekistonda UNICEF mamlakat hukumatni COVID-19 vaksinalar bilan ta’minlash va emlash bo‘yicha milliy rejani ishlab chiqishda, shuningdek aholining COVID-19 bilan bog’liq xavf-xatar to’g’isida xabardor qilish va vaksinalarga talabni shaklantirishda qo‘llab-quvvatladi.

UNICEF dunyo miqyosida COVAX doirasida vaksinalarni yetkazib berishni tashkil qilmoqda. Oʻzbekistonga yetkazilgan vaksinalar mamlakatda infektsiyani yuqtirishi va COVID-19 dan ogʻir kasallik rivojlanishi xavfi yuqori boʻlgan aholini emlash boʻyicha saʼy-harakatlarga hissa qoʻshmoqda.

OAV qo’shimcha ma’lumot olishlari uchun kontaktlar:

Umidjon Xudaykulov

Immunizatsiya dasturi bo’yicha maslahatchi, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: +99871 233 95 12

El.pochta: ukhudaykulov@unicef.org

***

Nargiza Egamberdieva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon:+99871 322 95 12

El. Pochta: negamberdieva@unicef.org

***

Taye Takita-Sato, Kuria Tsutaki

Attashe, Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi

Телefon:+99878 120 8060

El. pochta: homepage@ts.mofa.go.jp

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.