Bolalar va yoshlarga do'stona mahalliy boshqaruv tashabbusi bolalar va yoshlarning ovozi va ehtiyojlari davlat siyosati va qarorlar qabul qilishning ajralmas qismi bo'lgan jamiyatlarni yaratishga yordam beradi

05 Mart 2024
UNICEF
UNICEF

TOSHKENT, 2024 yil 5 – mart –Bugun Qo‘qon, Zarafshon, Termiz, Yangibozor va Bo‘ston shaharlari mahalliy hokimiyatlari tomonidan “Bolalar va yoshlarga do‘stona mahalliy boshqaruv” (BYDMB) tashabbusi doirasida erishilgan natijalar taqdim etildi.

Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi, Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan va UNICEF tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu innovatsion tashabbus Farg‘ona, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Yuksalish” harakati va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda sinovdan o‘tkazildi va amalga oshirildi.

BYDMB tashabbusi mahalliy hokimiyat organlarining bolalar va yoshlar manfaatlarini izchil ta'minlovchi qarorlar qabul qilishini ta'minlashga qaratilgan. Hokimiyat vakillari, qizlar va o'g'il bolalar, yosh ayollar va erkaklar bolalar va yoshlar huquqlari hurmat qilinadigan sog'lom, g'amxo'r, xavfsiz, o'rganish imkoniyatlari bo’lgan, rag'batlantiradigan, kamsitishlardan holi va va inklyuziv muhitlarni yaratish uchun birgalikda harakat qildilar.

“O‘zbekistonda yosh avlodning qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Respublikamizning 5 ta shahri ushbu Tashabbus doirasida bolalar va yoshlarning farovonligi bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish jarayonlarida ularning bevosita ishtirok etishiga tizimli yondashishdi. Mahalliy hokimliklar va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmi paydo bo‘ldi. Bu mexanizmni kelgusida boshqa shaharlarda ham qo‘llash mumkin”, - dedi “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodov.

2022-2023 yillar davomida mahalliy hokimiyat organlari bolalar va yoshlarning, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan dasturlarni rejalashtirishda milliy va xalqaro ekspertlardan texnik yordam oldilar. Shaharlarda Yoshlar maslahat kengashlari tashkil etilgan bo‘lib, ular 10 000 dan ortiq bolalar va yoshlar bilan onlayn platformalar va yuzma-yuz uchrashuvlar orqali mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishga ko‘maklashdilar.

Yoshlarning shaxsiy muammolarini hal etishdan ko‘ra, shaharlardagi barcha bolalar va yoshlarni qamrab oluvchi ijtimoiy muammolarni muhokama qilish maqsadida “Hokim va yoshlar” uchrashuvlarining muqobil formati qo’llanildi.

Yakuniy tadbir o‘tgan ikki yil davomida erishilgan yutuqlar, ilg‘or tajribalarni taqdim etish va saboqlarni muhokama qilish uchun platforma bo‘ldi. Shu tariqa, viloyatlardagi hokimiyat vakillari va yoshlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yoshlarni ekologik muammolarni hal etish va kelajakning IT-kasblariga jalb qilish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Nogironligi bo’lgan bolalarning kelgusida bandligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish, qiz va o‘g‘il bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarda to’grisida so’z yuritdildi.

“Ushbu tashabbus ajoyib natijalar berdi. Masalan, ekologiyani saqlash, bolalarning dam olishi va ta’lim olishi uchun sharoitlarni yaxshilash chora-tadbirlariga yoshlar hissa qo‘shdilar. Ular nogironligi bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish va sharoitlarni yaxshilash masalalarini ilgari surdilar”, - dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Joffri Ijumba. “Tashabbusning asosiy yutug‘i shundaki, mahalliy hukumat bolalar va yoshlarning fikrlarini e’tiborga oldi va ular bilan hamkorlikda o‘z shaharlarida yoshlarning ehtiyojlarini qondirish uchun o‘zgarishlarni amalga oshirdi”.

“Biz barcha beshta pilot shaharlarni qisqa vaqt ichida erishgan ulkan yutuqlari bilan tabriklaymiz, – dedi Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorlik bo‘limi rahbari Rahel Byosh. “Ushbu muhim pilot loyiha mahalliy darajada qizlar, ayollar va erkaklarni kengroq qamrab olish imkoniyatlarini tasdiqladi. Bu yoshlar boshchiligidagi innovatsion tashabbuslarni amalga oshirish imkonini berdi va O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasida nazarda tutilganidek, mahalliy darajada yanada inklyuziv boshqaruv yo‘lini ko‘rsatdi. Shvetsariya ushbu muhim pilot loyihani kengaytirishda va shu bilan hamkorlikni yanada mustahkamlanishiga umiq qiladi”.

Barcha beshta shahar BYDMB tashabbusi finalchilari sifatida sertifikatlar oldi. Ularning amaliyoti, bilim va tajribasdani mahalliy boshqaruv tizimini yanada mustahkamlashda foydalaniladi, bolalar va yoshlar huquqlari omon qolish, rivojlanish, himoya qilish, mazmunli va teng huquqli ishtirok etish kabi sohalarda qarorlar qabul qilish markazida bo‘ladi.

O’zbekiston aholisining 55 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etishini hisobga olgan holda bunday boshqaruv tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

_____________________________________________________________________


 

 

 

OAV murojaatlari uchun kontaktlar: 

 

Munisa Aliyeva

“Yuksalish” harakati matbuot kotibi

Теlefon: +998 90 905 84 93

El.pochta: aliyevamunisa@gmail.com

 

Nargiza Egamberdieva

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchisi

Теlefon: +998 93 380 34 19

El.pochta: negamberdieva@unicef.org

 

Hayotullo Ismailov

Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi

jamoatchilik diplomatiyasi xodimi

Теlefon: +998 93 068 10 10

El. pochta: khayotullo.ismailov@eda.admin.ch

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.